David Luis "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

  • 13.03.2019 20:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi David Luis “aristokratlar” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligiga sha’ma qildi.

“Kelasi mavsum ham “Chelsi”da o‘ynaymanmi? Menimcha ha. Biz ayni damda bu masalada muzokaralar olib boryapmiz. Bu klubni yoqtirishimni barcha biladi, men bu erda o‘zimni qulay va baxtli his qilaman. O‘ylaymanki, tez orada hammasi hal bo‘ladi”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Luis joriy mavsum “Chelsi” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!