David Luiz Balotellining jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 9 iyul, 2021, 18:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi sobiq himoyachisi David Luiz faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 34 yoshli braziliyalik futbolchiga "Adana Demirspor" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoa Luizga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

"Adana Demirspor" Turkiya Superligasi debyutanti hisoblanadi. Bundan avvalroq jamoa italiyalik mashhur hujumchi Mario Balotellini o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Luiz "Arsenal"ga 2019 yilda “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan. U o‘tgan davr mobaynida “kanonirlar” safida 73 ta o‘yinda ishtirok etdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

David Luiz ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!