David Luiz: "Chelsi"dan ketishim "Arsenal"ga o‘tishimdan avvalroq ma’lum bo‘lgan

  • 8 oktabr, 2019, 12:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik himoyachi David Luiz qanday qilib “Chelsi”dan “Arsenal”ga o‘tganini so‘zlab berdi.

Tecno

“Albatta, “Chelsi” doim menga yoqqan. Men faoliyatimni boshqa joyda davom ettirish haqida o‘ylay boshladim, ammo taqdir menga “Chelsi”dagi do‘stlarim bilan uchrashtirganidan minnatdorman.

Jamoadan ketish – bu mening Lempard bilan bo‘lgan ochiq suhbatimdan so‘ng qabul qilgan shaxsiy qarorim edi. Chunki, bizning kelajak haqidagi fikrlarimiz turlicha edi va shu bois men boshqa yo‘lni tanladim. Shuni aytishim lozimki, men “Chelsi”dan ketishim haqida “Arsenal”dan taklif tushmasidan avval qaror qilib bo‘lgandim. “Kanonirlar” shundan bir necha kun o‘tib men bilan bog‘lanishdi.

“Arsenal” ham ajoyib jamoa va shu bois men ikkilanmasdan rozi bo‘ldim”, - deydi Luiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!