David Luiz faoliyati davomida birga o‘ynagan eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

  • 18.10.2019 13:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi David Luiz argentinalik mashhur futbolchi Pablo Aymar haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

“Faoliyatim davomida menga juda ko‘p futbolchilar yordam berishdi. Ammo, ular orasida Pablo Aymar alohida ajralib turadi. Bir kun u oldimga kelib, menga to‘pni qanday qilib himoyadan hujumga olib borish kerakligini o‘rgata boshladi. U shuningdek maydonda o‘zim uchun xudud yaratishni va chiziqlar bo‘ylab uzatmalarni amalga oshirishni o‘rgatdi. Men bunday maslahatlarni avval hech qachon olmagan edim.

Aymar – men birga to‘p surgan eng zo‘r futbolchi. U Messining kumiri, shuningdek mening ham kumirim bo‘lishi kerak. Men undan juda ko‘p narsalarni o‘rganganman”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchnu, Luiz va Aymar 2008-2011 yillarda “Benfika” safida birga to‘p surishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!