David Luiz faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

  • 8 iyun, 2020, 21:04
  • 0

"Arsenal" klubi himoyachisi David Luiz faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Sportski žurnal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli braziliyalik futbolchiga "Zenit" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. U piterliklar safida shartnomasi yakunlanayotgan va jamoadan ketadigan “Chelsi”dagi sobiq jamoadoshi Branislav Ivanovich o‘rnini egallashi mumkin.

“Zenit” allaqachon bu borada “kanonirlar” bilan aloqaga chiqqan. Lekin, Luiz Rossiyaga ketishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.

David Luiz joriy mavsum “Arsenal” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!