David Luiz tez orada "Chelsi" bilan yangi shartnoma imzolaydi

  • 10 may, 2019, 17:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi David Luiz yaqin vaqtlar ichida “aristokratlar” bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Qayd etish lozimki, 32 yoshli braziliyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z yakuniga etadi. Tomonlar ayni damda ushbu kelishuvni uzaytirish masalasida muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazishmoqda.

“Yangi mavsumda ham “Chelsi”da bo‘laman deb o‘ylayman. Bu tez orada ma’lum bo‘ladi.

Men ushbu jamoani sevaman, chunki, faoliyatimning eng yorqin damlari aynan mana shu erda kechgan”, - deydi Luiz.

Ma’lumot uchun, David Luiz joriy mavsum APLda jami 35ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!