Davron Fayziev: Bunday javohirni klub uzoq yashira olmasdi

  • 23 may, 2021, 23:17
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionatida 2020-2021 yilgi mavsum yakunlandi. Oxirgi tur uchrashuvlari va boshqa ma’lumotlarni saytimiz orqali taqdim etib bordik.

Tecno

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida APL yakuni bo‘yicha o‘z mulohazalarini taqdim etdi.

APL yakun turnir jadvali qaynday ko‘rinish oldi? Evrokuboklarga yo‘llanma olgan jamoalar ma’lum (Foto)

3311572016336

- APL yakuniga etdi. Butun chempionat qanday o‘tgan bo‘lsa, so‘nggi tur ana shunday kechdi. "Manchester Siti" xotirjam tarzda "Everton"ni "sochib tashladi". Chempionlar ligasi uchun esa oxirigacha jang bo‘ldi. "Chelsi"ni "Tottenxem" qutqarib qoldi. Uchrashuv davomida "Lester"ni quvib, yakunda "Chelsi" foydasiga g‘alaba qozondi. Tuxel yana bir finalni boy berdi, ammo bu safar asosiy maqsadiga erishdi. Oldinda esa hal qiluvchi final. "Lester"ga bu safar ham daraja etishmadi.

"Tottenxem" va "Arsenal" Chempionlar ligasidan quruq qolishdi. "Arsenal" umuman Evrokuboklar bortidan chetda qolib ketdi. Arteta faoliyatini qoqilib boshladi. "Tottenxem"da ovunchoq bor, Xarri Keyn. APLning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi assistenti. Bunaqasi Premer ligada faqat uch marta ro‘y bergan. Bunday javohirni klub uzoq yashira olmasdi. Keyn "Tottenxem"ni tark etadi.

Angliya Premer Ligasi - biz seni sog‘inib kutamiz, - deya fikrlarini yakunladi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!