Davron Fayziev: Muxlislar birlashdi va futboldagi o‘rnini ko‘rsatdi

  • 21 aprel, 2021, 13:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist va sport sharhlovchisi Davron Fayziev o‘z "Telegram" sahifasida Superliga mavzusidagi navbatdagi xabarlar sharhi bilan o‘rtoqlashdi:

"Rasman APL klublari Superligani tark etishdi. Ularsiz bu turnirni o‘tkazishdan ma’no yo‘q. Garchi liga hamon qandaydir bayonotlar bilan chiqayotgan bo‘lsa ham. 2 kun lentalar shu mavzuda yondi. Evropa futboli uchun qora piar bo‘ldi.

Foydali tomoni bormi? Bor. UEFA baribir katta klublar dardini eshitishga majbur bo‘ldi. O‘ylaymanki, ularga jazo emas, aksincha biror manfaatli taklif beriladi. Har holda, shunday qilsa, to‘g‘ri bo‘ladi.

Muxlislar birlashdi va futboldagi o‘rnini ko‘rsatdi. APL klublarini UEFA po‘pisalari emas, aynan muxlislar bosimi ortga qaytardi, nazarimda.

Zarari nimada bo‘ldi? Qit’a futbolidagi isyon bomba effektini bergan holda tepani portlatishi kerak edi. Lekin aksincha, zarba to‘lqini teskari ta’sir qilib, klublar ichiga kirib bordi. Jamoalarda rahbariyat ishdan ketishni boshladi. Ichki nizolar paydo bo‘ldi. Grandlar va UEFA o‘rtasiga baribir sovuqchilik tushdi.

Mavzu hali to‘liq yopilmadi. Hammasi juda tez ro‘y berayotganidan kelib chiqsak, yaqin vaqt ichida Superliga masalasiga nuqta qo‘yilsa kerak", - deb yozadi Davron Fayziev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!