Davron Fayziev: Oddiy xatolar futbolchilarning mahorati bilan bog‘liq. Bunda maydonni ayblab bo‘lmaydi

  • 21 sentabr, 2020, 20:59
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasi 16-tur doirasidagi "So‘g‘diyona" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar katta murabbiyi Davron Fayziev ishtirok etdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- “So‘g‘diyona” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, mana ikkinchi o‘yindirki, o‘xshash holat sodir bo‘lmoqda. Birinchi gol o‘tkazib yuborgach, futbolchilarimizda ruhiy tushkunlik yaqqol sezilmoqda. Bu holat “Buxoro” bilan bo‘lgan bahsdan keyin paydo bo‘ldi. Futbolchilarga o‘yin oxirigacha kurashish lozimligini tushuntiryapmiz. Bugun ikkinchi taymning boshidagi qizil kartochka ham o‘z ta’siri o‘tkazdi.

Bosh murabiyimiz ayrim sabablarga ko‘ra, o‘yinda qatnasha olmadi. Shunday bo‘lsa-da, Baxtiyor A’zamovich bilan telefon orqali gaplashdik. Murabbiylar shtabi tarkib va o‘zgarishlarni kelishib olgandik. Ammo rejalarimiz ish bermadi. Ikkinchi davra davom etmoqda. Yuqori o‘rinlarni egallashni o‘ylasak, yaxshi natijalarni qayd etishimiz lozim. Futbolchilarni bunday holatdan olib chiqish haqida o‘ylayapmiz. Bugun o‘n kishi bo‘lib qolgan bo‘lsak ham yomon o‘ynamadik, himoyaga yotib olmadik. Lekin futbolda natijaga qaraladi. Yigitlarga rahmat aytgan holda “Bunyodkor”ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, “Buxoro” bilan bo‘lgan bahsda ikkinchi gol, “Metallurg”ga qarshi o‘yinda birinchi gol va bugungi gollarda ham himoyada xatoga yo‘l qo‘yildi. Birinchi davrada yaxshi o‘ynagandik. Faqat himoyachilarni ayblash noo‘rin. Mag‘lubiyatda barcha aybdor. Biz murabbiylar ham. Xatolar ustida ishlaymiz.

Bosh murabbiymizning qachon tuzalishini bilmaymiz. Jamoamiz shifokori bu savolga javob beradi.

Elementar xatolar futbolchilar mahorati bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Bunda maydonni ayblab bo‘lmaydi. Yutishni istagan jamoa to‘g‘ri pas berishni bilishi, oldinga pas berishni o‘rganishi lozim. Mahorat yillar davomida keladi. Ishlash kerak. O‘ynamagan xato qilmaydi. Hamma inson. Futbolchilar ham bundan mustasno emas, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
22/09/2020 16:09
2 уринга чикиш имкон бор Эди нима гап нима сабаб мухлислар шокда давай КОКОН узингни курсат