Davron Fayziev: O‘rnak...

  • 5 fevral, 2022, 14:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqqli sharhlovchi Davron Fayziev telegram kanalida bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Krishtianu Ronaldu va Neymar haqida fikr bildirdi. 

Tecno

- Neymar va Ronaldu bir kunda tug‘ilgan. Biri 30, ikkinchisi 37 yoshga to‘ldi. Yana qanday o‘xshashlik bor? Ikkisi ham o‘rnak olish uchun yaqqol misol bo‘la oladi.

Ronaldu. Minimal imkoniyatlardan maksimum foydalanib, o‘sish va doimiy rivojlanish hisobiga cho‘qqiga chiqa oldi. O‘ziga, jismoniy tayyorgarligiga, intizomga, kun tartibi va qat’y dietaga to‘liq rioya qiladigan, o‘ta talabchan. Faoliyatni qanday olib borish, ishga yondoshish bo‘yicha yaqqol o‘rnak.

Xayrulla Hamidov: Do‘stim, porlab, yorib, chiqib kelganingda, shu yoshgacha kamida ikki-uch "oltin to‘p" olasan, deb o‘ylagan edik, essiz...

photo_2022-02-05_08-25-56

Neymar. Zamonasining eng talantli o‘yinchisi bo‘lishiga qaramay, faoliyatiga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lishi oqibatida potentsialining yarmini namoyish etgan holos. Professionallik va tartib-intizom etishmasligi natijasida u mutloq lider bo‘la olmagan. Qizig‘i, shu holatida ham u baribir doim TOPlar qatorida edi. Harakat qilganda esa… Asosiy maqsaddan chalg‘ib, o‘z vaqti, kuchi, energiyasi va iste’dodini boshqa narsalarga sarflab, ko‘p narsani boy berish borasida o‘rnak.

Neymardek talantga ega bo‘lib, Ronaldudek foydalaning. Super yulduzlarni esa tug‘ilgan kun bilan tabriklaymiz! - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!