
Davron Fayziev: Pele va Maradona tarixdagi eng buyuk futbolchi mavzusida ko‘p solishtiriladi. Natijadan kelib chiqib, ko‘pincha Pele ustun qo‘yiladi. Biroq Pele bitta jihatdan Maradonaga eta olmaydi
Kecha futbol afsonasi Diego Maradona vafot etdi. Shu munosabat bilan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida uning faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.
- Pele va Maradona tarixdagi eng buyuk futbolchi mavzusida ko‘p solishtiriladi. Natijadan kelib chiqib, ko‘pincha Pele ustun qo‘yiladi. Biroq Pele bitta jihatdan Maradonaga eta olmaydi. Gap shundaki, har bir sport turida etalonga aylangan bitta shaxs bo‘ladi. O‘sha sport elementlarini oddiy odam zo‘r bajarganda ham, aynan o‘sha etalon shaxs nomi bilan ta’rif beriladi. Tezkor haydovchilar - Shumaxer, g‘ijimlangan qog‘oz yoki bo‘shagan idishni axlat chelakka aniq uloqtirganlar - Jordan, bir zarbada yiqituvchilar - Tayson va hokazo. Futbol havaskor darajada dunyoda eng ko‘p o‘ynaladigan sport turi. Va unda eng yaxshi aldab o‘tadiganlar doim bitta nom bilan atalgan - Maradona! Etalon. Har bir mahallaning o‘z Maradonasi bor edi.
Odil Ahmedov: Tarix Maradonadek o‘yinchilarni doim eslab qolishiga shubham yo‘q. U – dunyo futbolining haqiqiy qiroli sifatida qoladi
Krishtianu Ronaldu: Bugun men do‘stim bilan, dunyo esa daho, eng zo‘rlardan biri, sehrgar bilan xayrlashdi
Yillar davomida Argentinada paydo bo‘lgan super talantli futbolchilarni umid bilan “bo‘lajak Maradona” deya ta’riflashadi. Ammo o‘sha talantlar Diegoning darajasiga etmagan va “bo‘lajak Maradona”larni izlash davom etavergan. Yosh avlod Diego Armandoning kim bo‘lganini xis etishi uchun aytib o‘tamanki, Leo Messi ham yaqingacha “bo‘lajak Maradona” edi. Tan olish kerak, jahon kubogini aytmasa, Messi o‘sha darajaga etdi va argentinaliklar Maradona izlashdan to‘xtashdi. Qaysidir ma’noda, Diegoning elkasidagi mas’uliyat yuki kamaydi, Argentina futbolini u olib chiqqan mavqeda ushlab tura oladigan izdosh topildi. Shu xotirjamlik ila Diego Maradonaning buyuk hayot yo‘li yakuniga etdi, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar