Daxshat !!! "Joshua - Dyubua" jangi uchun chiqarilgan barcha chiptalar sotildi

  • 24.08.2024 17:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

21 sentabr kuni “Uembli” stadionida super og‘ir vazn toifasida IBF chempionligi uchun ikki mashhur bokschi – Entoni Joshua(28-3, 25 KO) va Daniel Dyubua(21-2, 20 KO) kurash olib boradi. Mazkur musobaqa uchun chiqarilgan 90 ming chiptaning barchasi sotildi.

 Britaniyalik Joshua va Dyubua Aleksandr Usik bo‘shatgan kamar uchun ringga chiqishadi. G‘olib, tahlilchilarning fikricha, mutlaq jahon chempioni unvoni uchun Aleksandr Usik bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!