Dayana Yastremskaya ham musobaqani g‘alaba bila boshladi
Ukrainalik tennischi Dayana Yastremskaya Kanadaning Toronto shahrida "Premera" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Dayana mazkur turnirning yakkalik bahslari birinchi bosqichida britaniyalik Yoxanna Kontani 6:3, 6:2 hisobida engdi.
Shu tariqa ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Rogers Cup"ning navbatdagi bosqichida Yastremskaya, italiyalik Kamila Jorji, yoki belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar