De Bryuyne: "Maxrez so‘nggi daqiqada ajoyib imkoniyatga ega bo‘lgandi. Biroq u..."

  • 11 aprel, 2022, 12:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" futbolchisi Kevin De Bryuyne "Liverpul"ga qarshi o‘yin (2:2)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytishicha, Maxrez so‘nggi daqiqalarda qulay imkoniyatdan foydalanishda tavakkal qilishga qaror qilgan.

"Bu g‘alaba qozonish uchun ajoyib imkoniyat edi. Biroq Maxrez tavakkal qildi. Agar to‘p darvozaga borib tushganda, bu juda chiroyli gol bo‘lardi. Afsuski, biz Riyoddan chiroyli gol ko‘rmadik.

Umuman olganda, biz yaxshi o‘ynadik. O‘yin davomida ustunlik qildik. Mavsumning qolgan qismini ham shunday o‘tkazishimiz kerak. 

Bugungi durang ikki jamoa uchun ham foydali, deb ayta olmayman. Kim g‘alaba qozonsa, shu klub chempionlikka yaqin kelardi. 

Biroq unutmaslik kerak, qolgan 7 o‘yinda ketma-ket zafar quchish oson ish emas. Ammo biz shunga harakat qilib ko‘ramiz", - dedi belgiyalik yarim himoyachi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!