 
                De Bryuyne mundialda ishtirok eta olmasligi mumkin
Kevin de Bryuyne o‘tgan dam olish kunlari "Inter" darvozasiga penaltidan gol urayotganida jiddiy jarohat oldi. Belgiyalik futbolchi operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi, bu haqda bir kun avval "Napoli" xabar berdi.
The Sun nashrining yozishicha, de Bryuyne atrofidagi yaqinlari uning jarohatidan tiklanishi cho‘zilib ketishi va futbolchi Belgiya terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida o‘ynay olmasligidan xavotirda.
Avvalroq, de Bryuynening tiklanishi taxminan 4 oy davom etishi, ya’ni xavbek bahorga yaqin safga qaytishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, "Napoli" Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar