
De Ligt "Yuventus"da tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi
Turinning "Yuventus" klubi o‘zining rasmiy saytida "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligtning muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tgani haqida ma’lum qildi.
Endi 19 yoshli gollandiyalik futbolchi tez orada “keksa sinora” bilan shartnoma imzolaydi. U A Seriya grandi safida yiliga 12 million maosh olishi aytilmoqda. Shu tariqa u “Yuve”da Krishtianu Ronaldudan so‘ng eng ko‘p maosh oladigan ikkinchi futbolchiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, turinliklar de Ligt uchun “Ayaks”ga 75 million evro to‘lashadi.
Fikrlar