
De Rossi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
Mavsum yakunlangach "Roma"dan ketishi ma’lum qilingan yarim himoyachi Daniele De Rossiga Evropadan ham va uning tashqarisidan ham takliflar bor.
Ma’lumotlarga qaraganda 35 yoshli italiyalik futbolchiga okean ortida "Nyu-York Siti" (AQSh) va "Boka Xuniors" (Argentina) qiziqish bildira boshlagan. Evropadan esa "Manchester Siti" va PSJ kabi grandlar tajribali futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi.
Ayrim manbaalarga qaraganda De Rossi Sankt-Peterburgning "Zenit" klubida paydo bo‘lishi ham mumkin. Gap shundaki, uni piterliklar safidagi hamyurti Klaudio Markizio Rossiya chempioni tarkibiga chorlashi mumkin.
Fikrlar