
De Vrey "Inter"ning A Seriyadagi ikkinchi o‘rinni egallagani haqida fikr bildirdi
Juma kuni "Inter" mavsumning so‘nggi turida "Komo"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi, ammo jadvalda bir ochko orqada qolib, chempionlikni "Napoli"ga boy berdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng jamoaning etakchilaridan biri Stefan de Vrey bir necha qiziqarli savollarga javob berdi:
"Biz o‘z ishimizni qildik. Boshqa o‘yin natijasidan bog‘liq ekanimizni bilardik. Bugun biz qila oladigan ish shu edi. Endi buni ortda qoldirish kerak.
Aslida biz Skudettoga loyiq emasdik. Jadvalning yuqori qismida 38 turdan so‘ng kim tursa – o‘sha loyiq. Shu bilan birga, chempionatda yanada yaxshiroq o‘ynash imkoniyatimiz bo‘lgani hissi bor" – deya ta’rif berib o‘tdi fulbek.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvdan so‘ng "nerazzurriliklar" Evropa Chempionlar ligasi finalida PSJga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 31 may kuni soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar