De Xea quruq o‘yin o‘tkazish bo‘yicha afsonaviy darvozabonga etib oldi

  • 17 iyul, 2020, 05:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea APL doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Tecno

Bu ispaniyalik futbolchi uchun mankunianliklar libosidagi 112-quruq o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, De Xea MYu safida quruq o‘yin o‘tkazish bo‘yicha afsonaviy golkiper Peter Shmeyxelga etib oldi.

Daniyalik darvozabon ushbu natijani 252 ta o‘yinda qayd etgan bo‘lsa, uning natijasini qaytarish uchun de Xeaga 311 ta uchrashuv kerak bo‘ldi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinni Edvin van der Sar (186 ta o‘yinda 90 ta) egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!