De Yong «Barselona»ning Rodri bo‘yicha qaroridan hayratda
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong klubning «Manchester Siti» futbolchisi Rodri Ernandesni olish rejasiga hayron qolgani aytilmoqda. Bu haqida The Touchline nashri xabar berdi.
Manba ma’lumoticha, de Yong kataloniyaliklar ispaniyalik tajribali tayanch yarim himoyachini olishni istayotganini eshitganda kutilmaganda ajablangan. Gollandiyalik futbolchi Rodri jamoaga keladigan bo‘lsa, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishdan xavotirga tushgani qayd etilmoqda.
Hozircha de Yong jarohatdan to‘liq tiklanish ustida ishlayapti. O‘tgan mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olganda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urdi va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar