
De Yong: “Men klubni tark etaman. Agarda … “
“Barselona” futbolchisi Frenki de Yong klubni tark etishi haqidagi savollarga javob berdi.
“Odamlar meni "Barsa"da abadiy qolmoqchi deb o‘ylashadi. Buning sababi shuki, bu erda futboldan tashqari, hayot ham juda yaxshi. Agarda men etarli darajada raqobat qila olmayotganimni sezsam, klubdan ketgan bo‘lar edim" – dedi niderlandiyalik yarim himoyachi.
Xabaringiz bor, Frenki so‘nggi yillarda juda ko‘p jarohatlar olib, ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubormoqda. Shundan so‘ng klub rahbarlari futbolchini jarohatga moyil deb hisoblamoqda. Shu sababli, 27 yoshli o‘yinchi qishki transferlar oynasida “ko‘k-anorranglilar”ni tark etishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, havbek bu mavsum kataloniyaliklar safida 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 45 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar