Debyutant bokschi Neyt Diazni jangga chorladi

  • 08.07.2024 18:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

31 yoshli britaniyalik jangchi Darren Till (18-5-1) boksdagi debyuti haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Birinchi g‘alabamni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. Albatta, biz davom etamiz. Navbatdagi jang bir-ikki oydan keyin”, — deb yozdi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida "Social Knockout 3" turnirida Darren Till ikkinchi raundda Muhammad Mutini texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, Till keyingi jangida Neyt Diaz bilan uchrashishi kutilmoqda. Darren ijtimoiy tarmoqlarda "Menga haqiqiy jang kerak", degan yozuv bilan potentsial jangning posterini chop etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!