Deklan Rays "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

  • 09.05.2026 14:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Deklan Rays yaqin kelajakda klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

"Arsenal Radar" ma’lumotiga koʻra, futbolchining amaldagi bitimi 2028 yilgacha moʻljallangan boʻlsa-da, klub rahbariyati havbek bilan yangi kelishuvni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Biroq hozircha tomonlar asosiy e’tiborni mavsum oʻyinlariga qaratgani sababli, aniq muzokaralar keyinroq oʻtkaziladi.

"Arsenal" Raysni 2023 yil yozda "Vest Xem"dan olib kelgan edi. Joriy mavsumda 27 yoshli futbolchi Mikel Arteta jamoasi safida 52 ta uchrashuv oʻtkazib, 5 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!