Deku: "Hakamlar "Barselona"ga nisbatan juda qattiq munosabatda bo‘lishyapti"

  • 20 oktabr, 14:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sport direktori Deku La Ligadagi hakamlik haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Biz apellyatsiya bermoqchimiz, ammo natija qanday bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas. Holatni to‘liq ko‘rmadim, lekin ba’zan ko‘z yumish mumkin bo‘lgan narsalarga ortiqcha ahamiyat beriladi. Goldan keyin biroz hayajonlandim, ovozim ham chiqmay qoldi. Ko‘p odamlar bizning g‘alaba qozonishimizni xohlamaydi.

Biz har doim oqimga qarshi suzamiz, ammo bu erda bahona qilish yoki shikoyat uchun emasmiz. Biz shikoyat qilishni yoqtirmaymiz. Tortishuvga kirishish niyatimiz yo‘q, lekin aniq bir narsa bor — bizga nisbatan juda qattiq munosabat bor. Bu qattiqlik ba’zan chegaradan chiqib ketyapti", — deya ta’rif berib o‘tdi Deku.

Eslatib o‘tamiz, jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Jirona"ga qarshi (2:1) bahsda ikki marta sariq kartochka olib, kelasi turdagi "El-klasiko"ni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!