Dele Alli: "Tottenxem" Keynsiz o‘ynay oladi

  • 22 yanvar, 2020, 10:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli klub jamoa sardori Xarri Keynsiz ham g‘alaba qozona olishini ta’kidlab o‘tdi.

Tecno

"Odamlarning xotirasi qisqa. Xarrining ohirgi jarohat olgan vaqtini eslang, o‘shanda ham usiz Chempionlar ligasida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan edik.

"Tottenxem" bir futbolchidan iborat emas, biz bir jamoamiz. Keyn juda ajoyib futbolchi va uni sog‘inib qolamiz", - deydi Alli.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi sardori jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqdi. "Shporlar" hujumchiga o‘rinbosar izlash ishlarini boshlab yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!