Dembele "Lion"ga qarshi javob bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 10.03.2019 08:06
  • 0
  • Boks

"Barselona" klubi hujumchisi Usman Dembele "Rayo Valekano"ga qarshi Ispaniya chempionati 27-tur o‘yinida jarohat oldi.

Sport nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, 21 yoshli frantsuz futbolchisi tez orada tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi va shundan so‘ng uning jarohati qay darajada jiddiy ekanligi aniqlanadi. Ayni damda jamoa vakillari Dembelening "Lion"ga qarshi EChL 1/8 final javob bahsini o‘tkazib yuborishidan xavfsiramoqda.

"Barselona" – "Lion" uchrashuvi 13 mart kuni "Nou Kamp" stadionida bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning Liondagi birinchi to‘qnashuvi 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!