
Dembele yozda Xitoyga yo‘l olishi mumkin
Xitoyning “Beytszin Goan” klubi o‘z tarkibiga belgiyalik Mussa Dembeleni qo‘shib olmoqchi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi yozda Xitoyga yo‘l olishi mumkin, biroq “Tottenxem” uni osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas.
Futbolchining “taqachilar” bilan tuzgan shartnomasi 2019 yil yozida yakuniga etadi. “Tottenxem” esa uning uchun qandaydir tovon puli undirib olmoqchi.
Dembele “Tottenxem” safida 2012 yildan beri to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar