Denis Istomin ertaga Qozog‘istonda kortga chiqadi
Qozog‘istonning Olma-ota shahrida "Chellenjer" turkumiga kiruvchi ATR musobaqasida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ham ishtirok etmoqda.
Denis Istomin mazkur musobaqaning yakkalik bahslari ilk davrasida rossiyalik Aleksander Jurbinga qarshi kortga chiqadi. Ushbu o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan 10:30 dan so‘ng boshlanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, musobaqada yana bir vakilimiz Humoyun Sultonov ham asosiy to‘rning birinchi davrasida kortga chiqdi. Afsuski, tennischimiz ukrainalik Vladislav Manafovga qarshi o‘tgan o‘yinda har ikkal setni tay-brekda boy berib qo‘ydi.

Fikrlar