Denis Istomin: Farrux, do‘stim bizga pul berishmoqchi

  • 21 may, 2020, 04:21
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN
Professional tennischilar uyushmasi (ATP), Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) va Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) ayni damda yuzaga kelgan pandemiya sababli, reytingi past bo‘lgan tennischilarga moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qarorni qabul qildi.

Professional tennischilar uyushmasi (ATP) va Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) yakkaliklar o‘rtasida reyting 101-500, juftlikda esa 51-175 o‘rinlarni egallab turgan tennischilarga moliyaviy yordam beradi.

Unga ko‘ra, yakkalikdagi erkak tennischilarga 8650 AQSh dollaridan, juftlikdagi raketka ustalariga 4330 AQSh dollaridan pul ajratadi. Biroq o‘tgan yili jami 250 ming AQSh dollardan ko‘proq, yoki so‘nggi to‘rt yil ichida bir million AQSh dollardan ko‘p mukofot pullarini qo‘lga kiritgan va diskvalifikatsiya qilingan tennischilarga pul berilmaydi. 

Xotin-qizlar o‘rtasida yakkalikdagi raketka ustalariga 10 ming 400 AQSh dollaridan pul beriladigan bo‘ldi. Va o‘tgan yilda 350 ming  AQSh dollar, so‘nggi to‘rt yilda 1,4 million va butun faoliyati davomida 3,5 milliondan ortiq pul topgan tennis malikalariga moliyaviy ko‘mak berilmasligini ta’kidlandi. Juftlik yo‘nalishidagi sportchilarga qancha pul berilishi oshkor qilinmadi.

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) esa reytingning 501-700 o‘rnida turgan tennischilarga yordam ko‘rsatadi. Ularga necha puldan berilishi 2 iyun kuni oydinlashadi.

Ushbu qarorga ko‘ra, Denis Istomin (156), Humoyun Sultonov (311), Sanjar Fayziev (489), Sabina Sharipova (364) va Oqgul Omonmurodova (407) kabi tennischilarimiz yordam pulini olishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!