Denis Istomin qachon kortnga chiqishi aniq bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Musobaqaning chorak finalida O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin hindistonlik Ramkumar Ramanatanni 6:2, 7:5 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi. 

AQShning Uinnetka shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 80,000 dollarni tashkil etuvchi "Chellenjer" turniri davom etmoqda.

Endi Istomin final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda mezbon tennischi Bredli Klanga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan bugun tunda (14.07.2019) soat 00:00 da o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!