Denisov jamoasining logotipi so‘nggi 7 yil ichida 5-marta o‘zgardi (foto)
Qozonning “Rubin” klubi yangi mavsumdan boshlab yana yangi logotip ostida to‘p suradigan bo‘ldi.
«Biznes Online» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ayni damda “Rubin”da keng ko‘lamli rebrending ishlari amalga oshirilmoqda.
Klub logotipining o‘zgartirilishi bosh homiy «TAIF» kompaniyasining talabiga ko‘ra amalga oshirilgani aytilmoqda.
E’tiborlisi, bu “Rubin” klubining so‘nggi 7 yil ichiidagi 5-logotip almashtirishi bo‘ldi.

Fikrlar