Depay faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

  • 20.06.2024 06:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangan Memfis Depay Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Hujumchiga "Milan" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Di Martsio. 

Depayning kelajagi "Evro-2024"dan keyin hal bo‘ladi. Ayni paytda futbolchi bor e’tiborini turnirga qaratgan va keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Niderlandiya birinchi turida Memfis asosiy tarkibda maydonga tushdi. Keyingi tur esa Frantsiya bilan bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!