Depressiya, «Enfild»dagi omadsizlik va yangi rejalar!

  • 15 fevral, 2021, 22:47
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2014 yilning 27 aprel sanasida «Enfild» motam tutishga majbur bo‘ldi. Stiven Jerrardning sirg‘anib ketishi uzoq kutilgan chempionlik orzusini armonga aylantirdi. Kelasi mavsumda, shimoliy irlandiyalik murabbiy qo‘l ostida «Liverpul» to‘liq tanazzulga yuz tutdi. Ilk 8 turdan so‘ng, «merisaydliklar» 10-o‘ringa tushib ketadi. Klub rahbarlari Brendan Rojersga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yubordi. Uning o‘rnini egallagan Yurgen Klopp «Liverpul»ni super klubga aylantirdi. Chempionlikka bir qadam qolganda qoqilgan Rojersni hayotida og‘ir kunlar boshlandi…

ikutvщt

Iste’foga chiqqach, Brendon juda og‘ir ruhiy tushkunlikka tushib qoldi. Yosh murabbiy «Liverpul» bilan omadsizlikka uchraganini hazm qilishi imkonsiz edi. APLda endigina bir mavsum o‘tkazgan insonga «Liverpul» ishonib topshirilganini unutmaslik lozim. Hayotidagi eng katta imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormaslik uchun Rojers kunu-tun jamoa haqida qayg‘urdi. Oradan bir necha yillar o‘tgachgina, mutaxassis «Liverpul»dagi faoliyati juda qiyin kechganini tan oldi.

“Bunday katta klubda yaxshi kunlarda ham oson bo‘lmaydi. «Enfild»dagi har bir daqiqamdan lazzat olganman, ammo bu yillar juda og‘ir o‘tgan.”

Iste’foga chiqqan murabbiyga bir nechta ingliz klublari taklif bilan chiqdi, biroq u dam olishga qaror qildi. Avvaliga Ispaniyaga, keyin Dubayga va yakunda shifoxonaga yo‘l oldi.

«Dubaydagi mehmonxonalardan birida shiftga tikilib yotgan paytim yuragim to‘xtab qolgandek tuyuldi. Taqdirning og‘ir zarbasidan so‘ng, qachondir yurak xuruji bilan shifoxanaga yotishimni taxmin qilgan edim. Meni tez yordam mashinasida shifoxonaga etkazishdi.»

Ma’lum bo‘lishicha, uning yuragida hech qanday xuruj kuzatilmagan. Murabbiyga shifokorlar ruhshunos bilan ishlashni tavsiya qilishadi. Angliyaga qaytgach, Brendan o‘z hayot tarzini, ish faoliyatini keskin o‘zgartirdi. Birinchi navbatda, sovuqqon bo‘lishga urindi. Rojeers katta futbolga qaytishdan avval o‘zini yaxshilab tayyorladi. Ruhan va jismonan. Xotirjam hayot tarzi  sharti bilan yana o‘zi sevgan kasbga qaytdi.

2015 yilning oktyabr oyida Liverpulni tark etgan murabbiy 2016 yilning mayida «Seltik» bilan shartnoma imzoladi. Coach atayin ko‘rimsizroq chempionatni tanladi. Shotlandiya birinchiligi faoliyatini qayta ishga tushirish uchun ideal joy. 2,5 yil mobaynida Rojersning «Seltik»ki ichki birinchilikdagi barcha sovrinlarni yutib oldi. O‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklab olgan murabbiy jamoa rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi va ketdi. Rojersni «Kelt»lar a’zolari qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishdi. Ayniqsa, jamoa hujumchisi – Li Griffits! Rojers kelganida, futbolchi juda og‘ir ruhiy holatda edi. Brendon o‘zi singari ruhan ezilgan futbolchini yorug‘likka olib chiqishni uddaladi.

Murabbiy hujumchiga o‘zini anglashi uchun erkin dam olish imkonni berdi. Griffits 7 oy jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. U to‘liq tiklandi va o‘zgacha «qiyofada» jamoaga qaytdi.

«Bu kunlarni eslagim kelmaydi. Rojers kelganida, juda og‘ir ahvolda edim. U meni tiklanishim uchun uyga jo‘natib yubordi. Har kuni qo‘ng‘iroq qilib xabar oldi. Tayyor bo‘lgan kuning seni klub bazasida kutishini aytdi. Hozir hammasi joyida. Men jamoaning eng quvnoq yigitlaridan biriman.»

Shotlandiyadagi yoqimli kunlardan so‘ng, 2018/19 yilgi mavsumda murabbiy yana APLga qaytdi. U «Lester»da Klop Puelning o‘rnini egalladi. Rojers boshqaruvida jamoa turnirni 9 o‘rinda yakunladi.

lщukpщuklpuk

Keyingi mavsum «tulkilar» uchun alamli bo‘ldi. So‘nggi turlarda yo‘qotilgan ochkolar sababli jamoa 5-pog‘onaga tushib ketdi. EChL yo‘llanmasi juda  yaqin bo‘lsa ham, pandemiya «Lester»ga salbiy ta’sir qildi.

Uning qo‘l ostida klub futbolchilarida progress kuzatilmoqda. Tarkibdagi muammolarga qaramay, Rojers «Lester» bilan ildam qadamlar tashlashda davom etmoqda. Yaqindagina u Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul»ni taslim etdi. Bu g‘alabadan so‘ng, murabbiy to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini chuqur his etgan bo‘lsa, ajab emas.

Aslida, Brendan katta futbolga juda erta kirib kelgan. 31 yoshidayoq Joze Mourino tomonidan klub akademiyasiga taklif qilingan mutaxassis katta yutuqlarga erishdi. «Suonsi»dagi ajoyib mavsum va «Liverpul». O‘sha paytdagi Rojers bilan hozirgisi o‘rtasida farq juda katta.

Bugungi Brendan hayotiy tajribaga ega, sovuqqon xotirjam. U maydondagi har bir g‘alabasidan so‘ng yanada kuchli shaxs va murabbiyga aylanib bormoqda. Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, Coach allaqachon grand klublarda ishlashga tayyor. Uning «katta» klublardan biriga  qaytishi aniq, biroq bu qachon va qanday sodir bo‘lishi noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!