
Desham Pogbaning terma jamoaga qaytishi haqida gapirdi
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham “Monako” yarim himoyachisi Pol Pogbaning milliy jamoaga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Pogba yana futbolchi sifatida maydonga qaytishga tobora yaqinlashyapti. Terma jamoa masalasiga kelsak, u qaytishni xohlashiga shubham yo‘q — bu uning maqsadi. Ammo avvalo bir nechta bosqichlardan o‘tishi kerak. Birinchisi — “Monako” safida maydonga tushish. Umid qilamanki, bunga erishadi. Bu uning uchun muhim qadam va katta quvonch bo‘ladi. Keyingi bosqichni esa keyin ko‘ramiz. Agar hozir “ha” desam, hamma uni qaytyapti, deb o‘ylaydi. Agar “yo‘q” desam, meni ahmoq deb bilishadi. Shu sababli eng to‘g‘ri variant — unga birinchi bosqichni muvaffaqiyatli engib o‘tishni tilash", — dedi Desham.
Ma’lumot uchun, Pogba yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida klub bilan shartnoma imzolagan edi. Frantsuz futbolchisi dopingga oid ish sababli uzoq muddatli diskvalifikatsiyaga uchragan.
Fikrlar