Devid Moyes "Vest Xem"ni uyidan turib boshqaradi
“Vest Xem” bosh murabbiyi Devid Moyesning assistenti Alan Irvayn ertaga “Vulverxempton”ga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin ayrim fikrlarni bildirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan va uy karantiniga olingan Devid Moyes ertangi o‘yinda masofadan turib ko‘rsatmalar beradi.
“Bizning barcha harakatlarimiz Moyes bilan maslahatlashgan holda amalga oshiriladi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlarni aynan u qabul qiladi. Matbuot anjumanida esa, men bir vositachiga aylanaman xolos”, - dedi Alan.
Fikrlar