Devin Xeynini endi chempionlik janglari qiziqtirmaydi, chunki...

  • 24.06.2024 10:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ikki vazn toifasidagi jahon chempioni amerikalik Devin Xeyni endi jahon chempionligi uchun janglarga qiziqmasligini aytdi.

 “Bir yildan keyin qaytaman. Menda allaqachon barcha kamar bor edi. Bundan buyon men istagan vaznda kurashaman. Endi hech qanday vazn toifasiga bog‘langan emasman”, — deb yozdi Xeyni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

Ma’lumot uchun, Devin Xeyni(31-0, 15 KO) 25 yoshda. Amerikalik o‘zining debyutini 2015 yilda o‘tkazgan va 2019 yilning sentyabrida engil vazn toifasida (61,2 kg) WBC yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempionlik uchun kurash olib borgan va rossiyalik Zaur Abdullaev(19-1, 11 KO)ni erta mag‘lub etgan, shundan so‘ng u to‘liq chempion maqomiga ko‘tarilgan. 2022 yil iyun oyida Xeyni avstraliyalik Jorj Kambosos(21-3, 10 KO)ni engib, engil vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang qildi. 2023 yilning dekabrida amerikalik ikkinchi divizionda WBC chempionlik kamarini hamyurti Rejis Prograis(29-2, 24 KO)dan tortib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!