Di Mariya Frantsiya chempionati saviyasi haqida gapirdi

  • 04.02.2020 21:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya o‘zining Frantsiya chempionati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Argentinalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra Liga 1 oxirgi yillarda ancha o‘sgan.

“Chempionatda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu erda raqobat ancha kuchaydi deb o‘ylayman.

Vaqt o‘tgan sari jamoalar bizga qarshi alohida rejalar ishlab chiqishmoqda va raqobat paydo qilishmoqda. Bu esa bizning o‘sishimizga yordam beryapti.

Ko‘pchilik Liga 1 ni kuchsiz deb aytadi, lekin APLni ko‘ring “Liverpul” qolganlardan 2 bosh ustun”, - deydi Di Mariya.

Eslatib o‘tamiz, PSJ ayni damda eng yaqin ta’qibchisidan 12 ochkoga ilgarilab ketmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!