
Diario Sport: "Barselona" Neymar evaziga PSJga 100 mln evro va Koutinoni taklif qilmoqda
“Barselona” klubi hamon PSJdagi sobiq hujumchisi Neymarni ortga qaytarishga urunmoqda.
Diario Sport nashrining yozishicha kataloniyaliklar 27 yoshli braziliyalik futbolchi evaziga Frantsiya chempioniga 100 million evro hamda Filippe Koutinoni taklif qilishgan. Ayni damda bu boradagi muzokaralar kutilganidan ham yaxshiroq davom etmoqda.
Gap shundaki, PSJga Koutino varianti yoqmoqda, “Barselona” esa Neymarni qaytishini xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Neymarga “Real” Madrid ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, PSJ Neymarni 2017 yil 222 mln evro evaziga aynan “Barselona”dan sotib olgan edi.
Fikrlar