Dibala qamalishi mumkin!

  • 27.03.2020 19:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” klubi forvardi Paulo Dibalaning akasi Gustavo Dibala sevgilisi bilan karantin qoidalarini buzgan.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Gustavo hamda uning sherigi majburiy karantin belgilangan sanadan 2 kun o‘tib tashqariga chiqishgan. Hozirda Argentina politsiyasi ushbu voqea yuzasidan tergov ishlari olib bormoqda.

Mamlakat qonunlariga ko‘ra, karantin qoidalarini buzganlarga nisbatan 6 oydan 2 yilgacha qamoq jazosi qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Paulo Dibalaning o‘zi koronavirusga chalingan va u ayni damda davolanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!