
Dibala uni zahiraga olgani uchun Allegrini haqorat qildi
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Paulo Dibala kecha bo‘lib o‘tgan “Udineze”ga (2:6) qarshi bahsda o‘zini erta zahiraga olgani uchun jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegridan ochiqchasiga norozi bo‘ldi.
Sky Sport Italianing ma’lum qilishicha 23 yoshli argentinalik futbolchi 67-daqiqada maydonni tark etgan va shundan so‘ng zahira o‘rindig‘ida borib, ispan tilida Allegrini haqorat qilgan. Biroq, 50 yoshli mutaxassis uning bu so‘zlarini eshitmagan.
Eslatib o‘tamiz, Dibala ayni damda A Seriyaning ortda qolgan 9ta turidan so‘ng 10ta gol bilan to‘purarlar bahsida 2-o‘rinda bormoqda. Bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatgich “Latsio” hujumchisi Chiro Immobilega tegishli bo‘lib turibdi. Italiyalik futbolchi hisobda hozircha 13ta gol mavjud.
Fikrlar