Dide Desham: Portugaliya Ronalduga bog‘lanib qolgan

  • 23 iyun, 2021, 13:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham “Evro-2020”ning guruh bosqich so‘nggi turidagi raqibi Portugaliyaga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Portugaliya terma jamoasining natijalari Ronaldu va uning gollariga bog‘liq. Oldingi uchrashuvlarda Krishtianu jamoasi uchun ko‘p ish qildi. Shu bois buz uning o‘yinga ta’sirini kamaytirishga harakat qilamiz”, - dedi Desham.

Portugaliya va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun soat 00:00da boshlanadi. Hozircha, frantsuzlar “F” guruhida peshqadamlik qilmoqda, Portugaliya esa 3-o‘rinda joylashgan.

Ushbu kvartetdagi ikkinchi behs Germaniya hamda Vengriya o‘rtasida kechadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!