Dide Desham: "Qur’a juda uzoqqa cho‘zildi, haqiqiy Amerikancha shou bo‘ldi"
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham JCh–2026 guruh bosqichi qur’asi o‘tkazilishi haqida fikr bildirdi.
Uning aytishicha, marosim kutilganidan ham uzoqqa cho‘zilgan:
"Bu haqiqiy Amerikancha uslubdagi marosim edi — tom ma’noda shou.
Har bir mamlakatning o‘z madaniyati bor, bu tushunarli. Biz moslashdik, lekin juda uzoq vaqt davomida bizga qaysi raqiblar tushishini bilmay turdik. Marosimning o‘zi ancha uzun bo‘ldi", — dedi Desham kulgan holda.

Fikrlar