Diego Shvartsman yomg‘irdan qochib do‘lga tutildi

  • 3 iyul, 2019, 10:12
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Argentinalik tennischi Diego Shvartsman London shahrida o‘tayotgan "Uimbldon" turnirining birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Diego ushbu bosqichda avstraliyalik Mettyu Ebdenga qarshi kuch sinashib, yakunda 6:4, 3:6, 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa Shvartsman germaniyalik Dominik Kyopfer bilan musobaqaning ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!