Dietolog Jozef Parkerning diskvalifikatsiya qilinishida aybdor bo‘lib chiqdi
Britaniya dopingga qarshi kurash agentligi (UKAD) o‘tkazgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, og‘ir vazn sobiq chempioni Jozef Parker(36-4, 24 KO)ning doping namunasidan kokain izlari aniqlanishiga uning dietologi aybdor bo‘lishi mumkin. Ushbu test Parkerning Fabio Uordliga qarshi mag‘lub bo‘lgan kuni olingan edi.
Yangi Zelandiyalik bokschi boshidanoq har qanday taqiqlangan moddani ataylab qabul qilmaganini qat’iy tarzda ta’kidlab keldi va yakunda o‘zini oqlash uchun yetarli dalillar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
UKAD bayonotiga ko‘ra, Uordliga qarshi jang uchun Parker tomonidan yollangan dietolog muntazam ravishda kokain iste’mol qilgan. Uning o‘zi ham jangdan oldingi hafta davomida har kuni kokain qabul qilganini tan olgan.
Kecha esa Parkerning ringga qaytishiga ruhsat berilgani haqida rasman xabar qilindi. Demak, yaqin vaqt ichida boks muxlislari uni yana katta janglarda ko‘rishlari mumkin.

Fikrlar