"Dinamo" - "Paxtakor" o‘yiniga chiptalar qanchadan sotilayotgani ma’lum qilindi
Ikki yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytgan «Dinamo» jamoasi yangi mavsumning 1-turida Samarqandda amaldagi chempion «Paxtakor»ni qabul qiladi.
3 mart, payshanba kuni «Dinamo» stadionida o‘tadigan uchrashuvni Samarqand ahli katta qiziqish bilan kutmoqda. Predrag Rogan murabbiyligida yangilangan «Dinamo»ning chempionga qarshi uchrashuvida o‘yingoh muxlislar bilan to‘lishi kutilmoqda.
«Dinamo» stadioni ma’muriyati 24 fevraldan ushbu uchrashuv chiptalarining sotuvini boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Chiptalar 15 ming so‘mdan sotilmoqda. Markaziy CIP sektor uchun chipta narxi 25 ming so‘mni tashkil etadi. CIP sektorning yillik abonimenti narxi – 300 ming so‘m. «Dinamo» - «Paxtakor» o‘yini chiptalari har kuni stadion darvozasi oldida sotiladi va sotuv 3 mart soat 15:00gacha davom etadi. O‘yin 3 mart kuni soat 18:30da boshlanadi.

Fikrlar