"Dinamo" BAAda nomdor raqiblarga qarshi maydonga tushadi

  • 15 yanvar, 2024, 17:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» jamoasi 17-29 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.

Abu-Dabida o‘tadigan yig‘in doirasida 5 ta o‘yin o‘tkazilishi belgilangan. Klub bu borada Rossiya, Qatar va Saudiya Arabistoni jamoalari bilan kelishuvga erishdi.

Jumladan, 18 yanvar kuni dastlabki nazorat o‘yinida Vadim Abramov shogirdlari Valeriy Karpin boshqaruvidagi «Rostov»ga qarshi saf tortadi. 21 yanvar kuni Rossiya chempioni «Zenit» bilan o‘yin o‘tkaziladi. 23 yanvarda esa Qatar olimpiya jamoasi, 26 yanvarda OChL pley-off ishtirokchisi «Al-Fayha», 28 yanvarda esa «Al-Shabob» klubi bilan o‘yin o‘tkaziladi.

dinamo3_1

«Dinamo»ning Abu-Dabidagi o‘rtoqlik o‘yinlari:
18 yanvar. «Dinamo» - «Rostov» (Rossiya)
21 yanvar. «Dinamo» - «Zenit» (Rossiya)
23 yanvar. «Dinamo» - Qatar U23
26 yanvar. «Dinamo» - «Al-Fayha» (S.Arabistoni)
28 yanvar. «Dinamo» - «Al-Shabob» (S.Arabistoni).

"Dinamo" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
15/01/2024 23:48
Койил, Динамо.