
"Dinamo" BAAga jo‘nab ketdi. U erdagi raqiblarini bilasizmi?
"Dinamo" klubi 2025 yilgi mavsumga tayyorgarlik rejasi doirasidagi xorij yig‘iniga jo‘nab ketdi.
Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, "Dinamo" jamoasi bugun, 15 yanvarda Samarqand – Abu-Dabi aviareysi bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtiga jo‘nab ketdi.
Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa 15-29 yanvar kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Abu-Dabi yig‘inida xorij klublariga qarshi 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi va yangi o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Xususan, "Dinamo" Janubiy Afrika, BAA, Rossiya va Xitoy klublariga qarshi maydonga tushadi. O‘yinlar taqvimi bilan tanishing:
18 yanvar (shanba). "Dinamo" - "TVS" (JAR)
21 yanvar (seshanba). "Dinamo" - "Al-Vahda" (BAA)
24 yanvar (juma). "Dinamo" - "Lokomotiv" Moskva (Rossiya)
28 yanvar (seshanba). "Dinamo" - "Chengdu" (Xitoy).
Ko‘rib turganingizdek, Abramov jamoasi kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi va bu uning jamoasiga foydali bo‘lishi shubhasiz. Qizig‘i, "Dinamo" uchta qit’a klubiga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar