
"Dinamo" futbolchisi faoliyatini "Milan"da davom ettiradi
Zagrebning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Dani Olmo "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi.
"Rossonerilar" uchun futbolchining transferi 25 million evroga tushadi. Undan tashqari zagrebliklar yana 5 million evroni 21 yoshli ispaniyalikning keyingi transferlaridan ishlab olishlari mumkin.
Futbolchining o‘zi esa italiyaliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, ar mavsum uchun Olmo 2,5 million evro maosh oladi.
Oldinroq, futbolchi uchun "Barselona"dan qiziqish bo‘layotgani haqida xabar qilingan edi. Joriy mavsumda Olmo "Dinamo" tarkibida 22 o‘yinda 8 gol va 7 gollik uzatma muallifi bo‘lgan.
Fikrlar