"Dinamo" "Nasaf" futbolchisini ijaraga oldi

  • 22 yanvar, 2022, 13:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumi oldidan “Dinamo” jamoasi selektsiya ishlarini davom ettirmoqda.

Tecno

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, “Dinamo” jamoasi safiga “Nasaf” yarim himoyachisi Shohmalik Komilov kelib qo‘shildi. “Dinamo” 21 yoshli futbolchini “Nasaf”dan bir yilga ijaraga oldi. Komilov 2022 yilgi mavsumni Samarqand jamoasida o‘tkazadi.

dinamo komilov

Ma’lumot uchun, Shohmalik Komilov 2021 yilgi mavsumda Superligada 18 uchrashuvda 2 ta gol, O‘zbekiston Kubogida 7 o‘yinda 2 ta gol hamda OFK Kubogida 6 bahsda 2 ta golga mualliflik qilgan. Jami 2021 yildagi 31 uchrashuvda 6 ta gol kiritgan.

"Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!