
"Dinamo" "Navbahor"ni mag‘lub etdi
Davron Fayziev boshchiligidagi Samarqand jamoasi Deyan Jurjevich qo‘l ostidagi Namanganning “Navbahor” klubiga qarshi saf tortdi.
Toshkentda o‘tgan bahs o‘rtoqlik o‘yini bo‘lishiga qaramay ancha qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tdi. O‘yin davomida "Dinamo"chilardan Bahodir Nasimov, Qadamboy Nurmetov, Shohruh Abdurahmonov xavfli vaziyatlar yaratishgan bo‘lishsa, “Navbahor” safidan Aleksanr Kasyan, Aziz Turg‘unboevlarda ham xavfli hujumlar kuzatildi.
Ikkinchi bo‘lim yakunida hujumkorlikni oshirgan “Dinamo” jamoasi o‘yinning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Baratovning goli evaziga “Navbahor”ni mag‘lub etishga erishdi.
“Dinamo” navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini ertaga, yakshanba kuni “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. Toshkent.
20 iyul (shanba)
“NAVBAHOR” – “DINAMO” – 0:1
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev
Gol: Sanjar Baratov, 76.
“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Lokaev, Hakimxon A’lamxonov, Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov, Bobur Qosimov, Shohruh Abdurahmonov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Sardor Eminov, Qadamboy Nurmetov, Bahodir Nasimov.
Zaxiradan tushganlar: Dilmurod Karimov, Damir Temirov, Sanjar Baratov
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G‘ofurov, Slavko Lukich, Akrom Bahriddinov, Nodir Mavlonov, Ilhom Alijonov, Aziz Ibragimov, Aziz Turg‘unboev, Aleksandr Kasyan.
Zaxira: Hamroev, Yunusov, Ahmedov, Shaymanov, Azimov, Hakimov, Mamatxonov.
Fikrlar
Кизишманг.
Вакт хаммасини жой жойига куяди,хали.
Фолбинлик килмасдан факат мухлис булайлик ва мухлислик килайлик.